Mijozlarni himoya qilishning 7 tamoyili

Har bir mijoz bilan ishlashda — mahsulotni ishlab chiqishdan tortib murojaatlarni ko'rib chiqishgacha — amal qiladigan standartlarimiz.

  1. 01

    Moliyaviy mahsulotlarni to‘g‘ri ishlab chiqish va yetkazib berish

    Kompaniya mahsulotlarni mijozlar ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqadi va mijozga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan mahsulotlarni taklif qilmaydi. Mahsulotlarni ishlab chiqish va sotuv kanallarini rejalashtirishda maqsadli mijozlar segmentining xususiyatlari inobatga olinadi.

  2. 02

    Ortiqcha qarzdorlikning oldini olish

    Kompaniya to‘lovga qobil mijozlarni tanlash va ortiqcha qarzdorlikning oldini olish uchun kredit jarayonining barcha bosqichlarini nazorat qiladi. Kompaniya ortiqcha qarzdorlikning oldini olish uchun ichki tizimni nazorat qiladi hamda bozor ishtirokchilari bilan kredit axborotini doimiy almashishda ishtirok etadi.

  3. 03

    Shaffoflik

    Kompaniya mijozlarga kredit berishning barcha shartlarini, shu jumladan kredit mahsulotining to‘liq qiymati haqidagi ma’lumotni to‘liq va o‘z vaqtida oshkor qiladi — bu ularga asosli qaror qabul qilish imkonini beradi.

    Buni qanday amalga oshiramiz Mahsulotlarimiz Kredit kalkulyatori
  4. 04

    Mas’uliyatli narx belgilash

    Narx belgilashda Kompaniya mijozlarning to‘lov qobiliyatini va Kompaniyaning moliyaviy barqarorligini hisobga oladi. Kompaniyada xizmatlar qiymatini buzib ko‘rsatadigan kredit mahsulotlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

  5. 05

    Mijozlarga adolatli va hurmatli munosabat

    Kompaniya xodimlari va uning agentlari mijozlariga to‘liq adolat va hurmat bilan munosabatda bo‘ladi. Har qanday belgi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi. Kompaniya korrupsiya va suiiste’molliklarni, shuningdek kredit operatsiyalari va qarzdorlikni undirish jarayonida mijozlarga nomaqbul munosabat holatlarini aniqlash va bartaraf etish mexanizmlarini yaratish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.

  6. 06

    Mijozlar ma’lumotlarining maxfiyligi

    Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq mijozlar ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlovchi huquqiy, axborot, texnik va tashkiliy yechimlarni yaratadi.

    Buni qanday amalga oshiramiz Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash siyosati
  7. 07

    Shikoyatlarni ko‘rib chiqish va hal qilishning samarali mexanizmlari

    Kompaniya mijozlarning shikoyat va murojaatlarini qabul qilishning samarali va tezkor kanallaridan o‘z vaqtida foydalanadi hamda ularni adolatli ko‘rib chiqish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini doimiy yaxshilash uchun sa’y-harakat qiladi.

Mikromoliya tashkiloti

Ariza qoldirish

Kontakt qoldiring — qo'ng'iroq qilamiz va shartlarni tanlaymiz

Qaror 2 soat ichida, minimal hujjatlar.
Yashirin komissiyalar yo'q — barcha shartlar shartnomada.
300 mln gacha summa va 48 oygacha muddat.

Ariza qoldirish

Kontakt qoldiring — qo'ng'iroq qilamiz va shartlarni tanlaymiz

Ariza yuborish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash siyosatiga rozilik bildirasiz.

300 000 000 so'mgacha Ariza qoldirish